Yangiliklar

Yuklab olish

Rasmiy xabar

O‘zbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha aholini to‘g‘ri, xolis va aniq ma'lumotlardan tezkor xabardor qilish maqsadida Koronavirus info (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali ochildi.

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilindi.

Barcha OAV jurnalistlari va blogerlarni ushbu kanalni birinchi manbaa sifatida foydalanilishi hamda unda tarqatilayotgan xabar va yangiliklarni keng yoritib borishda hamkorlikka chaqiramiz.