Yangiliklar

Yuklab olish

"Samarkand Half Marathon" hayriya marafonida "Asaka" banki xodimi ishtirok etdi

Samarqandda inklyuzivlik muammosiga e'tibor qaratish, sog'lom turmush tarzini ommalashtirish va O'zbekistonda sport turizmini rivojlantirishga bag'ishlangan "Samarkand Half Marathon" hayriya poygasi yakunlandi.

Bizning Alimardon 21 km masofaga yugurish baxslarida ishtirok etdi. Uni qo'llab-quvvatlash uchun Samarqand filiali jamoasi erta tongdan Registon maydoniga yetib keldi. Ana shunday ko'tarinki kayfiyatda start olgan Alimardon finishga 1.26.38. vaqt ichida yetib keldi.


"Asaka" banki jamoasi Alimardonni navbatdagi g'alaba bilan chin qalbdan tabriklaydi. Unga mustahkam sog'liq, o'z oldiga qo'ygan maqsadlar sari dadil ildamlash va sportda yanada ulkan g'alabalar tilaymiz. "Asaka" banki o'z xodimlari sog'lom turmush tarzini tanlashini va turli sport musobaqalarida qatnashishini hamisha qo'llab-quvvatlaydi.