Yangiliklar

Yuklab olish

Tabrik

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida» gi Farmoniga ko'ra O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vazirining o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi Ijrochi direktori, «Asaka» banki kengashi raisi Vafayev Shuxrat Abdusharifovich «Do'stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

«Asaka» banki Boshqaruvi nomidan Shuxrat Abdusharifovichni yuksak davlat mukofoti bilan samimiy qutlaymiz! 

Ishlaringizda muvaffaqiyatlar, mustahkam sog'liq, farovonlik, quvonch va xonadoningizga iliqlikni tilab qolamiz.