Yangiliklar

Yuklab olish

Asaka bankining mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi hissasi: Yuqori sifatli keramika mahsulotlari

   Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan keramik plitkalar ishlab chiqaruvchi "PRIME CERAMICS" qo'shma korxonasi nafaqat mamlakatimizda balki, dunyo bozoridagi ushbu mahsulotga bo'lgan ehtiyojni ta'minlashga hizmat qilmoqda. Asosiy moliyaviy hamkor esa Asaka bank. Bankning 15 mln. AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy ko'magi bilan ishga tushirilgan korxonada yuqori texnologiya asosida yiliga salkam 3 mln. kvadrat metr hajmda bejirim mahsulotlar tayyorlanmoqda. O'tgan yili 1 mln. 977 ming kvadrat metr keramik plitkalar ishlab chiqarilgan bo'lib, uning yarmidan ko'pi horijiy davlatlarga eksport qilingan.

    Korxonada yangi loyiha ustida ish olib borilib, bino va inshootlarning pol qismiga ishlatish uchun keramik plitkalar ishlab chiqaruvchi quvvatning ishga tushishi bilan mahsulot tayyorlash hajmi 2 barobarga ortdi. Natijada 100 ta yangi qo'shimcha ish o'rinlari yaratildi.

"Asaka" bank - moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!