MOLIYALASHTIRISH

Yuklab olish

Bank tasarrufidagi korxonalarini sotish

«Asaka» Aktsiyadorlik tijorat banki O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, barcha muhandislik-kommunikatsiyalari infratuzilmalari bilan ta’minlangan ishlab chiqarish korxonalariga investitsiya kiritishda ishtirok etish yoki ularni sotib olishni taklif etadi.

Sotiladigan korxonalar:

1. Toshkent shahar, Sirg’ali tumani, Saadiy ko’chasi, Proxladniy tor kochasi 31-uyda joylashgan organomineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonasi. 
Umumiy yer maydoni — 0,78 ga. 
Ishlab chiqarish quvvati — yiliga 5 712,0 tonna organomineral o’g’itlar. 
Texnologik asbob-uskunalar Klein Abwasser-und Schlammtechnik GmbH (Germaniya) tomonidan ishlab chiqarilgan.

2. Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Do’rmon yo’li ko’chasi, 40a uyda joylashgan dori-darmonvositalari va infuzion eritmalar ishlab chiqarish korxonasi. 
Ishlab chiqarish quvvati — yiliga 300,0 mln. dona tabletkalar va 6,6 mln. flakon infuzion eritmalar. 
Texnologik asbob-uskunalar Germaniya, Shvetsariya va Hindiston davlatlarida ishlab chiqarilgan.

3. Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shiroq ko’chasi, 104-uyda joylashgan elektrod ishlab chiqarish korxonasi. 
Ishlab chiqarish quvvati — yiliga 4 994 tonna elektrod. 
Texnologik asbob-uskunalar Rossiyada ishlab chiqarilgan.

4. Toshkent shahar, Xamza tumani, P.Maxmudov ko’chasi, 2-uyda joylashgan 5 qavatdan iborat ma’muriy-maishiy bino. 
Umumiy maydoni — 3 985 m.kv.

5. Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Gavhar ko’chasi 124-uyda joylashgan «Osiyo Asaka Model» MCHJ korxonasi 
Faoliyat turi — ayollar poyafzali ishlab chiqarish. 
Umumiy yer maydoni — 0,3 ga. 
Ishlab chiqarish quvvati — yiliga 204,0 ming dona ayollar poyafzali. 
Texnologik asbob-uskunalar Italiya, Vengriya va Germaniya davlatlarida ishlab chiqarilgan.

6. Toshkent viloyati, Angren shahar, Rezinotexnika sanoat maydonida joylashgan «Asaka Cotton Impex» MCHJ korxonasi. 
Faoliyat turi — tibbiy gigriskopik paxta ishlab chiqarish. 
Umumiy yer maydoni — 4,7 ga. 
Ishlab chiqarish quvvati — yiliga 2 000,0 tonna tibbiy gigroskopik paxta. 
Texnologik asbob-uskunalar Shveytsariya va Germaniya davlatlarida ishlab chiqarilgan.