MOLIYALASHTIRISH

Yuklab olish

Faktoring

Faktoring – xo’jalik yurituvchi-yetkazib beruvchi sub’yektlar faoliyatini moliyalashtirish xizmati, evaziga moliyaviy agent-bank foydasiga yetkazib berilgan mol, taqdim etilgan xizmat va bajarilgan ishlar uchun aktsept qilingan, ammo to’lovchi tomonidan amalga oshirilmagan to’lovlarni olish huquqi o’tadi.

«Asaka» bank faktoring xizmatini erkin ayirboshlanadigan valuta hamda milliy valuta – so’mda taqdim etadi.

Faktoring xizmatini erkin ayirboshlanadigan valuta 60 kungacha bo’lgan muddatga, milliy valuta esa, 90 kungacha bo’lgan muddatga taqdim etiladi.

Tomonlar faktoring shartnomasini imzolagandan so’ng, bank mablag’larni xo’jalik yurituvchi sub’yektning talab qilguncha asosiy depozit hisob raqamiga o’tkazadi, mablag’ miqdori shartnomada belgilanadi, ammo xo’jalik yurituvchi sub’yektning to’lov talabnomasida ko’rsatilgan miqdorning 80% dan ortiq bo’lishi mumkin emas.

To’lovning qolgan qismi to’lovchidan mablag’ tushgandan so’ng bank tomonidan amalga oshiriladi.

Shartnoma tuzish uchin mijoz-yetkazib beruvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • Tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va to’lovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlar bajarish yoki xizmat ko’rsatish to’g’risida shartnoma
  • Moddiy boyliklar yetkazib berilganini, ish bajarilganini yoki xizmat ko’rsatilganini tadiqlovchi hujjatlar (mol-transport yuk xatlari, ishonchnoma nusxalari, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va hokazo)
  • To’lovchiga taqdim etilgan to’lov talabnomasining nusxasi va to’lovchining ushbu talabnoma boyicha to’lov qilishga roziligi (aktsept)
  • Oxirgi hisobot sanasiga tuzilgan buxgalteriya balansi, unda debitor va kreditor qarzdorligi oshilgan va muddati o’tgan debitor qarzdorlikning butin miqdori bo’yicha solishtirish dalolatnomalari ilova qilingan bo’lishi kerak.
  • Foyda va ziyonlar hisoboti
  • Boshqa kreditorlardan qarzga olinishi mumkin bo’lgan mablag’lar hamda boshqa banklarda saqlanayotgan erkin mablag’lar mavjudligi to’g’risida ma’lumotnoma
  • Boshqa banklarda ochilgan hisob raqamlar ro’yxati.