MOLIYALASHTIRISH

Yuklab olish

Lizing

Tadbirkorlik faoliyatingizni yo’lga qo’yish yoki kengaytirish uchun jihoz, texnika yoki ko’chmas mulk zarurmi? «Asaka» bank sizga zarur jihoz, texnika yoki ko’chmas mulkni lizingga olishni taklif etadi. Lizing ob’ektini tanlang va biz uni Siz uchun xarid qilamiz.

Siz undan foydalanib, biz bilan lizing shartnomasida kelishilgan muddatda hisob-kitob qilasiz.

Asosiy shartlar:

Lizing obyekti – Loyiha doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan ko’char va ko’chmas mulk;

Lizing muddati – 1 yildan 7 yilgacha.

Foiz stavkasi – yillik 20%;

Lizing miqdori:

  • Asosiy loyihalar - 10 ming AQSh dollari ekvivalentigacha milliy valutada.
  • Mikrolizing – amaldagi eng kam ish haqqining 2000-karra miqdorigacha.

Ko’rib chiqish uchun komissiya:·

  • 1,0 mlrd. so’mgacha – lizing summasining 1%; 
  • 1,0 mlrd. so’mdan 10,0 mlrd. so’mgacha – lizing summasining 0,5%;
  • 10,0 mlrd. so’mdan ortiq – lizing summasining 0,2%.

Boshqa shartlar – Lizing xizmatlari «Asaka» Bank tizimida asosiy talab qilguncha depozit hisob raqamlari mavjud mijozlarga taqdim etiladi (lizing xizmatlaridan foydalanish uchun boshqa bank mijozlari asosiy talab qilguncha depozit hisob raqamlarini «Asaka» Bankka olib o’tishlari lozim bo’ladi).

Ta’minot

Lizing oluvchi lizing bitimi miqdorining kamida 25% ni pul mablag’lari ko’rinishida kiritishi lozim, yoki Lizing oluvchi lizing bitimi miqdorining kamida 30% ni boshqa likvid ta’minot ko’rinishida taqdim etishi shart.

Lizing afzalliklari

  • Lizing bitimini rasmiylashtirib, Siz nafaqat korxonangizga zarur texnologik jihozlarni sotib olasiz, shu bilan birga Siz uning narxini sezilarli darajada pasaytirasiz, chunki lizingga berish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar QQS va bojxona bojlaridan ozod etiladi.
  • Lizing amal qilish butun muddat davomida korxonangiz sotib olingan texnologik jihozlar bo’yicha mulk solig’idan ozod etiladi.
  • Daromad solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan baza miqdori lizing bo’yicha to’lanayotgan foizlar miqdoriga kamaytiriladi.
  • Lizing bitimi bo’yicha kafolat garovi katta mablag’larni talab qilmaydi, chunki lizing amal qilish muddati tugagandan so’ng lizing ob’yekti «Asaka» bank egaligida qoladi.

Lizing loyihasini dastlabki muhokamasi uchun zarur hujjatlar ro’yxati

  • Ta’sis hujjatlar nusxasi.
  • Faoliyat turi litsenziya talab etadigan faoliyat turlariga kirsa, ushbu faoliyat bilan shug’ulanish ruxsarini beruvchu litsenziya.
  • Korxonaning oxirgi ikki yil uchun DSI belgisi mavjud buxgalteriya hisoboti.
  • Lizing oluvchining lizing ob’yekti ornatiladigan xonalaridan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.
  • Biznes-reja/texnik-iqtisodiy asoslanish.
  • Ashyo sotib olish va tayor mahsulotni sotishga dastlabki shartnomalar.
  • Garov ta’minotiga tegishli bo’lgan zarur hujjatlar.

Mazkur ro’yxat moliyalashtirish imkoniyatini ko’rib chiqish uchun to’liq emas, ko’rib chiqilayotgan loyihaga tegishli boshqa ma’lumotlar bank xodimlari tomonidan talab etilishi mumkin.

Lizing amaliyotlarida foydalanadigan asosiy meyoriy huquqiy xujjatlar:

  • O`zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksi (6 bob);
  • O`zbekiston Respublikasi «Lizing to`g`risidagi"gi Qonuni;
  • O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 21.10.2006 y. 25/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan (Adliya Vazirligida 27.12.2006 y. 1648-son bilan ro`yxatga olingan) «Tijorat banklarida lizing operasiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to`g`risida"gi Nizom;
  • O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 25.09.1998 y. 422-son bilan tasdiqlangan (Adliya Vazirligida 02.12.1998 y. 557-son bilan ro`yxatga olingan) «Bir qarzdor yoki o`zaro dahldor bo`lgan qarzdorlar guruhiga to`g`ri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasi to`g`risida"gi Nizom (2–1 bandi);
  • Boshqa meyoriy huquqiy hujjatlar.

Aloqa uchun ma’lumot:

Tel: (998 71) 120-39-93