Omonatlar

Yuklab olish

Milliy valutadagi omonatlar

 «Аsаkа» bаnkdagi mavjud omonatlar RO’YHATI

Omonat nomi  Omonat foizi Oferta Omonat shartlari

                Talab qilib olguncha omonat  

0% yillik Yuklab olish  
Mobile-uz 15% yillik Yuklab olish

Saqlanish muddati 3 oy. Hisoblangan foizlar har oyda beriladi. Omonatga mablag’lar faqatgina bankning “Asaka-Mobile” mobil ilovasi orqali qabul qilinadi va hisobvaraq masofadan turib boshqariladi. Qo’shimcha mablag’lar kiritilishiga ruxsat etilmaydi. Minimal summa 500 000 (besh yuz ming) sum.

Manfaatli

18% yillik  

Saqlanish muddati 18 oygacha. Omonatning minimal saqlash muddati 1 oy. Ushbu muddatdan so’ng hisoblangan foizlar haqiqatda turgan davr uchun beriladi. Omonat 13 oy saqlansa 1 foiz bonus, 18 oy to’liq saqlansa 2 foiz bonus qo’shiladi. Mablag’lar naqd pulda yoki ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar hisobidan shakllangan plastik kartalar orqali qabul qilinadi. Qo’shimcha mablag’lar kiritilishiga ruxsat etiladi. «Аsaka” bankdagi mavjud omonatlarga qayta rasmiylashtirishga (agarda omonat naqd pulda yoki ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar hisobidan shakllangan plastik karta bo’lsa) ruxsat beriladi. Mablag’lar qabul qilish miqdori chegaralanmagan. Omonatga mablag'larbank kassalari va "Asaka-Mobile" mobil ilovasi orqali qabul qilinadi.

Ziynat 15% yillik  

Saqlanish muddati 6 oygacha. Omonatning minimal saqlash muddati 1 oy. Ushbu muddatdan so’ng hisoblangan foizlar haqiqatda turgan davr uchun beriladi. Qo’shimcha mablag’lar kiritilishiga ruxsat etiladi. Mablag’lar qabul qilish miqdori cheklanmagan. Monatga mablag'lar bank kassalari va "Asaka-Mobile" mobil ilovasi orqali qabul qilinadi.

Umid 16% yillik  

Saqlanish muddati 13 oy. Hisoblangan foizlar har oyda yoki omonat muddati tugagandan so’ng beriladi. Qo’shimcha mablag’lar kiritilishiga ruxsat etilmaydi. Mablag’lar qabul qilish miqdori cheklanmagan.

Daromadli-mobile

22% gacha yillik Yuklab olish

Saqlanish muddati 24 oygacha. Omonatning minimal saqlash muddati 2 oy. Ushbu muddatdan so’ng hisoblangan foizlar haqiqatda turgan davr uchun beriladi. Omonat 12 oy saqlansa 20%, 18 oydan 24 oygacha saqlansa 22% to’lanadi. Qo’shimcha mablag’lar kiritilishiga ruxsat etilmaydi. «Аsaka” bankdagi mavjud omonatlarga qayta rasmiylashtirishga ruxsat beriladi. Mablag’lar qabul qilish miqdori minimal 100 000 sum. Omonatga mablag’lar bank kassalari va “Asaka-Mobile” mobil ilovasi orqali qabul qilinadi.