Omonatlar

Yuklab olish

Omonatlar

Bank depozitlariga aholi va xo’jalik subyektlarning bo’sh pul mablag’larini jalb etishni yanada rag’batlantirish, pul mablag’larini bank aylanmasiga yo’naltirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish bo’yicha hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 6 apreldagi «Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo’jalik subyektlari bo’sh pul mablag’larini jalb etishni yanada rag’batlantirish qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash borasida «Asaka» bank tomonidan faol ishlar olib borilmoqda. Aholi omonatlari iqtisodiyotga sarmoyalar kiritishning muhim manbasidir, va aholining banklarga murojaatlari sonining ortib borishi bank tizimiga nisbatan ishonch o’sishiga guvohlik beradi.

Hozirgi kunda «Asaka» bank bo’yicha jismoniy shaxslar uchun milliy va xorijiy valyutalarda qulay shartlarda 25 ta omonat turlari joriy etilgan.

Barcha omonatlaringiz «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi» tomonidan kafolatlangan.

Sizning omonatlaringiz:

  • soliqlar va majburiy to’lovlardan ozod qilinadi;
  • mablag’lar manbalari deklaratsiya qilinmaydi;
  • malumotlari sir saqlanishi to’liq kafolatlanadi;
  • egalik va tasarruf huquqi o’z ihtiyoringizda;
  • miqdori cheklanmagan.

«Аsaka» bank - sarmoyangizni saqlanishi va ko’payishini kafolatlaydi!

Omonatlar haqidagi to'liq ma'lumotni quyidagi 120-82-37 raqami orqali bilishingiz mumkin!